Kasbiy taʼlim muassasalari va Kasbiy koʻnikmalar markazlarida (monomarkazlar) faoliyat yuritayotgan chet tili oʻqituvchilarining reytinggi tuziladi.
Bu haqda Migratsiya agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, reytingga kirgan 50 nafar murabbiyga 50 million soʻm miqdorida bir martalik subsidiya toʻlanadi.
Asosiy talab ular oʻqitgan oʻquvchilar orasida ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan boʻlishi kerak.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy yil 25-fevralga qadar havola orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻzi va sertifikat olgan oʻquvchilari haqida agentlikka bildirishi lozim.