“Yaqin oylar ichida biz arman drami, oʻzbek soʻmi va Arab Amirligining dirxamining savdosini yoʻlga qoʻymoqchimiz. Bizda bu valyutalarga qiziqish bor va ularning qadri oʻsishini tushunamiz. Bir qator texnik ishlar hal etilishi bilan ushbu valyutalar bilan ishlashni boshlaymiz”, — dedi u.
Moskva birjasida 20 xil valyutaning sotilishi yoʻlga qoʻyilishi arafasida turibdi. Lekin bu ularning hammasi sotiladi degani emas. Skabelinning soʻzlariga koʻra, ushbu valyutalarning sotuvga qoʻyilishi uchun savdo ishtirokchilari va mijozlarning ularga aniq qiziqishi mavjud boʻlishi muhim. Ana shundagina haqiqiy barqaror bozor yuzaga keladi. Undan tashqari pullarning birjada aylanishini qoʻllab turish uchun broker firmalar boʻlishi kerak.
Avvalroq Moskva birjasida norezidentlarga Rossiyaning qimmatli qogʻozlari bilan savdo qilishga ruxsat berilishi haqida xabar berilgandi, deb xabar beradi RIA “Novosti”.