Manbada chop etilgan rasmlarda vagon eshiklarida tojik (kirilchada) va oʻzbek (lotin grafikasida) tillaridagi matnlar koʻrinib turibdi.

“Lesoparkovskaya” bekatidan avtobuslar migratsiya markazigacha qatnaydi.

Avvalroq Moskva shahri merining iqtisodiy siyosat va yer-mulk munosabatlari masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Yefimov shaharda mehnat migrantlarining keskin yetishmasligi haqida eʼlon qilgandi. Uning soʻzlariga qaraganda, poytaxtda hozirga vaqtda 200 ming chet ellik ishchilarga ehtiyoj sezilyapti.

Amaldorning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaziyatda quruvchilar va boshqa ish beruvchilar “bir-biridan xodimlarni sotib olyapti”. Bu esa migrantlar xizmati narxining oshishiga olib keladi.

Yefimov, shuningdek yaqin vaqt ichida mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish shartlari yengillashishiga umid bildirdi.

Undan avval esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin iqtisodning butun bir tarmoqlarida ishchi kuchlari yetishmasligi haqida taʼkidlagandi, deb xabar beradi Gazeta.ru