Moskva neftgaz biznesi instituti vakillari “Uzbekistan GTL” zavodi faoliyati bilan tanishdi

    Xalqaro hamkorlik 12 Aprel 2023 880

    Moskva neftgaz biznesi instituti vakillari “Uzbekistan GTL” zavodidagi sintetik yoqilgʻi mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida xorijiy delegatsiya vakillari “GTL” zavodida tayyorlanayotgan yangi turdagi sintetik yoqilgʻi mahsulotlarning ishlab chiqarish holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonlari bilan tanishtirildi.

    Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodining markaziy boshqaruv binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

    Delegatsiya vakillari zamonaviy qurilma va asboblar bilan jihozlangan markaziy laboratoriyada Yevropa ekologik standarti va “OʻzDSt EN 15940:2022” milliy standartlariga javob beradigan yuqori sifatli “GTL” dizel yoqilgʻisi – “Euro-6” (YeN15940)ning tahlil jarayonlarida ishtirok etdi.

    Tashrif yakunida “Uzbekistan GTL” zavodining ishchilar shaharchasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.