U Moskva migratsiya markazi yaqinda Oʻzbekistonda vakolatxona ochganini eslatdi. Vakolatxonani ochish asosan chet ellik ishchi kuchiga ehtiyojning yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Vakillikning asosiy vazifasi: migrantlar tanlab olish, Moskva ish beruvchilar bilan yaqin aloqada boʻlish, va natijada, Rossiya hududiga kirib keladigan migrantlarni tekshirish jarayonida maʼmuriy ishning koʻpayib ketishining oldini olish maqsadida bir qator tekshiruv tadbirlarini ishchilarning mamlakatiga koʻchirish.
“Bizda hozir 13ta kompaniyaning asosan Oʻzbekistondan 6 800 nafar migrant olib kirishga buyurtmasi maʼqullandi”, — dedi Purtov.
Uning soʻzlariga qaraganda, mehnat migrantlarini olib kirishni baholash federal darajasidagi qatʼiy mezoni Moskva idoralaro komissiya maʼqullaganidan keyin amalga oshiriladi.
Avvalroq RIA Novostiga Moskva shahar merining iqtisodiy siyosat va yer-mulk aloqalari masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Yefimov xabar berganidek, Moskvada hozir 300 ming nafar atrofida mehnat migrantlari yetishmayapti.