Moskva shahrida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirildi

    Voqea-hodisalar 30 Yanvar 2024 623

    Bugun Rossiya poytaxtidagi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Moskva shahri markazidagi Islom Karimov nomidagi maydonda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov, diplomatik missiya xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi vakillari va faol vatandoshlar qatnashdi.

    Ishtirokchilar Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qo‘ydilar, deb xabar beradi «Dunyo» AA.