Politsiyaga 54 yoshli erkakdan kimoshdi savdosida sotib olingan rasm undan oʻgʻirlangani haqida xabar kelib tushgan. Uning soʻzlariga koʻra, u 2018-yilda ushbu kartinani sotib olgan va uni saqlash uchun tanishiga bergan. 2019-yilning noyabriga qadar tanishi boʻlgan oʻsha ayol aloqada boʻlib turgan, ammo keyin gʻoyib boʻladi.

Shu bilan birga, ushbu ayolning qizi vaziyatni ularga tushuntirarkan, maʼlum bir vaqtga uzoqroqqa ketishgani, tez orada pul yoki rasmni qaytarib berishlarini aytadi.

RIA Novosti manbasining huquq-tartibot idoralari soʻzlariga tayanib keltirishicha, gap rassom Fedot Sыchkovning “Dugonalar” kartinasi haqida ketmoqda.