COVID-19 kasalligi qayd etilganlarning umumiy soni 80 foizga oshgan. 10-iyun` kuni Moskvada 5245 ta holat aniqlandi. Bu 15-yanvardan beri birinchi marta qayd etilgan yirik raqam edi. So'nggi kunlarda shahardagi kasallanish holatlari soni 6-7 ming darajada saqlanib turdi. Shu tufayli 20 iyunga qadar qat'iy karantin choralari uzaytirildi.
Merning ta'kidlashicha, hozirgi o'sish 2020 yilning aprel`-may oylaridagi ko'rsatkichdan yuqori va “deyarli dekabrning eng yuqori cho'qqisiga chiqdi”.
“Kommersant” nashrining yozishicha, Moskva shifoxonalarida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun qo'shimcha ravishda 4000 ta yotoq joy tayyorlangan. Hammasi bo'lib shaharda COVID-19 bilan kasallanganlar uchun 16 mingdan ortiq yotoq ajratilgan.
Sergey Sobyanin, karantin choralarini uzaytirish fonida, ish beruvchilarga xodimlarning kamida 30 foizini masofadan ishlashga qayta o'tkazishni tavsiya qildi. 13 iyundan 20 iyungacha poytaxtda hayvonot bog'lari va bolalar o'yingohlariga tashrif buyurish taqiqlangan, restoran va kafelar soat 23:00 dan 6:00 gacha yopiq bo'ladi. Shaharda vaktsinasiya jarayonlarini qo'llab-quvvatlash uchun emlanganlar orasida avtomobillar o'ynaladi.