Tavsiya — bu taqiq emas, yoshi oʻtgan kishilar uchun hech kim sayr qilish yoki toza havoda sport bilan shugʻullanish borasida chegaralanish oʻrnatmaydi. Lekin ijtimoiy aloqani imkon qadar kamaytirish tavsiya etiladi.

Kechadan boshlab pandemiyaning eng avj olgan davrida harakatda boʻlgan bir qator choralar qaytadan kuchga kirdi. Yakshanbadan boshlab dori va oziq-ovqatlarni yetkazib berish boʻyicha arizalar qabul qilinadigan telefonlar ishga tushadi. Joriy yilning bahoridagi kabi pensionerlar imtiyozli dori vositalari va eng zarur mollarning uylariga yetkazib berilishi boʻyicha buyurtma berish imkoniyatiga ega boʻladilar. Hatto, agar zarurat tugʻilsa, ishonch telefonlari orqali psixolog maslahatini ham olishi mumkin, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.