"Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi maʼlumotiga koʻra, 2021-yil 19-yanvar kuni Moskva viloyati Taʼlim vazirligining Dmitrovsk shahar okrugi boʻyicha Vasiylik va homiylik boshqarmasidan onasi M.K.ning vafoti tufayli ogʻir vaziyatda qolgan voyaga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi X.I. (2014-yil tugʻilgan) haqida axborot olingan.
Elchixona tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga yetmagan fuqaroni Vatanimizga qaytarish masalasi ishlab chiqildi. Xayriya mablagʻlari hisobidan “Uzbekistan Airways” AJning “Moskva-Toshkent” yoʻnalishidagi reysga aviachipta sotib olindi. X.I.ning Oʻzbekistondagi qarindoshlari bilan aloqa oʻrnatilib, ularga voyaga yetmagan vatandoshimizning respublikaga qaytib kelish sanasi va vaqti maʼlum qilindi. X.I.ni aeportda Oʻzbekiston vasiylik organlari vakillari tomonidan kutib olishini haqida kelishuvga erishildi.
2021-yilning 22-yanvar kuni X.I. “Uzbekistan Airways” AJ bort kuzatuvchilari hamrohligida Oʻzbekistonga uchib ketdi", deyiladi TIV Konsullik-huquqiy departamenti axborotida.