24-noyabr, jumaga o'tar kechasi Moskvaning Lyublino tumanidagi Chagino elektr podstansiyasi hududida yirik yong'in sodir bo'ldi.

“Moskvada Chagino elektr podstansiyasi yonmoqda. Guvohlar yuzaga kelgan qora tutun haqida gapirmoqda. Yong'in sababi noma'lum”, deya xabar beradi telekanallardan biri.

Ikkinchi kanal o'z ma'lumotlariga tayanib, yong'in o'chog'i transformator binosida bo'lganini xabar qildi.

“Yong'in hozirda 200 kvadrat metr maydolnni qamrab olgan. Hudud bo'ylab qalin tutun tarqalmoqda”, deyiladi xabarda.

Kecha tunda Moskva yaqinidagi Litkarino podstansiyasida portlash sodir bo'lib, shaharni elektr ta'minotisiz qoldirgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.