Unda oʻzbek kinosining “yangi toʻlqiniga” (1960–1970-yillar) mansub boʻlgan kinorejissyorlar – Shuhrat Abbosov, Ali Hamroyev, Qamara Kamolova, Elyor Ishmuhamedovlarning ijodlaridan namunalar namoyish etilishi koʻzda tutilgan.

“Oʻzbekkino” milliy agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Filmlar Rossiya Federatsiyasi Davlat film fondida saqlanayotgan kinoplyonkalardagi nusxalaridan olinadi.

Ayni paytda Respublika kinofondi DUK Rossiya Federatsiyasi Davlat kinofilm fondi bilan oʻzbek kinosining oltin merosiga aylangan “Tohir va Zuhra” (1945, rejissyor Nabi Gʻaniyev), “Mahallada duv-duv gap” (1960, rejissyor Shuhrat Abbosov), “Achchiq danak” (1975, rejissyor Qamara Kamolova), “Kelinlar qoʻzgʻoloni” (1985, rejissyor Melis Abzalov), “Abdullajon” (1990, rejissyor Zulfiqor Musaqov) filmlarini raqamlashtirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.