“Moskvich” qaytdi

    Zavod yangilangan avtomobillarni sotishni joriy yil oxirida boshlaydi

    Moskva avtomobil zavodi “Moskvich” qayta ish boshladi. Korxonada “Moskvich 3” krossoveri seriyali ishlab chiqarila boshlandi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

    Rossiya bosh vaziri o'rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning ta'kidlashicha, joriy yilda nafaqat “Moskvich 3” rusumli avtomashinaning yirik uzelli yig'ilishi, balki elektromobillar ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan.

    “Yaqin istiqboldagi vazifa 2023-yil oxirigacha mahalliy etkazib beruvchilarni jalb qilgan holda kichik hajmdagi yig'ish jarayonlarini yo'lga qo'yishdir. Keyingi qadam milliy elektromobil uchun o'zimizning universal platformamizni yaratish bo'ladi, uni ishlab chiqarishni boshlash 2025-yil oxiriga rejalashtirilgan”, - deydi Manturov.

    “Moskvich 3” – 150 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli turbo dvigatel bilan jihozlangan ixcham krossover. U CVT avtomat uzatmasi (variator) yoki olti pog'onali “mexanika” bilan tandemda o'rnatiladi.

    Noyabr oyida zavod “Moskvich 3e” elektromobilini sertifikatladi, Rosstandart tegishli ruxsatnomani berdi.