Motor yoqilgʻisining yangi turi ishlab chiqariladi

    Energetika 16 Oktabr 2020 3855

    Joriy yil 20-oktyabridan “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” (FNQIZ) MCHJ xalq xoʻjaligi ehtiyoji va xususiy avtomobil egalari uchun avval ishlab chiqarilmagan, hamda muqaddam xorijdan olib kirilgan qishki dizel yoqilgʻisini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.

    Zavod mutaxassislari tomonidan laboratoriya tadqiqotlari, sanoat sinovlari va yangi DTZ-2 markali qotish harorati past dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.

    Natijada neft mahsulotlari birjasida barcha isteʼmolchilar uchun kuz-qish mavsumida zarur boʻlgan qotish harorati -250S dan baland boʻlmagan va filtrlashning eng soʻngi harorati -180S boʻlgan qishki dizel yoqilgʻisining ilk partiyasi paydo boʻladi.

    Taʼkidlash joizki, qotish harorati past boʻlishidan tashqari ushbu dizel yoqilgʻisi yaxshilangan fraksion tarkibga ham ega boʻlib (dvigatelning yoqilgʻi magistralidan oson chiqish imkonini beradi), dvigatelning sovuq startini yengillashtiradi. Shuningdek u yuqori setan soniga ega boʻlib, bu dvigatel ishi quvvatini oshiradi va sarfini kamaytiradi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.