Gajet 6,9 dyuymli FHD + pOLED displeyga ega va Android smartfoni kabi ishlaydi. Buklangan telefon sifatida u 4,6 dyuymli displeyli ixcham versiyaga aylanadi. Uni aqlli soatga o'xshab qo'lga ham taqish mumkin.

Motorola o'sib borayotgan sun'iy intellekt tendensiyasidan ilhomlanib, sun'iy intellektga ega gajetdan foydalanish bo'yicha ana shunday konseptni taqdim etdi, deb xabar beradi techcult.ru.