Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ maʼlum qildi.
Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ ga qarashli “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJning malakali mahalliy mutaxassislari tomonidan zamonaviy xorij uskunalarida 90 kun muddatda burgʻilangan, loyihaviy chuqurligi 5 ming metr boʻlgan mazkur quduqdan bugungi kunda kunlik 2,4 mln kub metr tabiiy gaz olinmoqda.
Bugungi kunda qolgan istiqbolli chuqur quduqlarda ham tunu-kun burgʻilash ishlari olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar ulardan ham katta bosimda tabiiy gaz olinishi kutilyapti.
Energetika vazirining aytishicha, ushbu hududda ishlar davom ettirilyapti, yil yakuniga qadar yana 7 ta quduqdan ham katta bosimda tabiiy gaz olinishi kutilmoqda.








