Moʻynoqda jurnalistlar bogʻi yaratildi

    Yashil sayyora 28 Fevral 2024 370

    Ushbu bogʻga 50 tupga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi

    Mamlakatimizda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt hamda butalar koʻchatlarini, qalamchalarini ekish, yashil bogʻlar barpo etish masalalariga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

    Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Uyushmaning Qoraqalpogʻiston boʻlimi hamkorligida Moʻynoqqa uyushtirilgan press-tur ishtirokchilari koʻchat ekish, Jurnalistlar bogʻi yaratish jarayonida ham qatnashdi.

    – Ushbu bogʻga 50 tupga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi, – deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi в.б. Xolmurod Salimov. – Uyushmamizning Qoraqalpogʻiston boʻlimi xodimlari ana shu koʻchatlar toʻliq oʻzini tutishi va ularni parvarishiga masʼul boʻladi. Maqsadimiz – bu ishlarni nomigagina qilish emas, ommaviy axborot vositalari vakillari Moʻynoqqa kelganida maza qilib dam oladigan, kayfiyat ruhiyatini koʻtaradigan bogʻ yaratish.

    Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi — bu bir yillik tadbir emas”. Atrof-muhitni muhofaza qilish, hududdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, chang-qum boʻronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan ish.

    Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi

    Axborot xizmati