Bu haqda Rádio Moçambique radiostansiyasi Tabiiy ofatlarni boshqarish va kamaytirish milliy instituti ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.
Bundan tashqari, 15-19-dekabr kunlari Mozambikda soatiga 260 kilometrgacha bo'lgan dovul va yomg'ir 118 mingdan ortiq turar-joy binosi, 52 shifoxona va 35 cherkovni vayron qildi. 687 ming mozambiklik Kabo Delgado, Nampula, Nyasa, Tete va Sofala viloyatlariga qochishdi.
Siklon 7-8-dekabr kunlari Hind okeanining janubi-sharqiy qismida yuzaga keldi. U yerdan g'arbga, Afrika qirg'oqlariga ko'cha boshladi. U birinchi bo'lib Mayotta oroliga (Fransiyaning Hind okeanidagi hududi) yopirildi, u yerda halok bo'lganlar soni hali to'liq aniqlanmadi. 23-dekabr orolda motam kuni deb e'lon qilingan.
Mozambikdan g'arbga qarab harakatlangan dovul Zimbabve va Malaviga ta'sir qildi. Malavida “Chido” sikloni 13 kishining o'limiga olib keldi, ko'plab binolar vayron bo'ldi va 45 ming malavilik boshpanasiz qoldi, deb xabar beradi tass.ru.