Parij akademiyasi Il-de-Frans poytaxti mintaqasida taʼlim siyosatini muvofiqlashtiruvchi mintaqaviy organ boʻlib, u maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha taʼlim darajalariga masʼul hisoblanadi.

Uchrashuvda tomonlar Fransiya va Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Parij akademiyasi muassasalarida Oʻzbekiston pedagoglarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zamonaviy va samarali oʻqitish metodikasini ishlab chiqish boʻyicha tajriba almashish, shuningdek, hamkorlik boʻyicha tegishli hujjat imzolash boʻyicha kelishuvlarga erishildi.