Qonunga ko'ra, birinchi marta muallif o'z asari nusxasini ko'paytirishda ruxsat berish huquqini oladi va natijada “Copyright” (nusxa olishga ruxsat) termini paydo bo'ladi.

🇺🇲1787-yilda AQSH Konstitutsiyasida birinchi marta intellektual faoliyat natijalariga bag'ishlangan normalar belgilangan bo'lsa, 1790-yilda esa kartalar, chizmalar va kitoblar himoyasi haqida dastlabki Federal qonunni qabul qildi.

Qonunchilikda o'rnatilgan bu normalar keyinchalik sahna asarlari, ashula va boshqalarga ham tatbiq etila boshlangani haqida Intellektual mulk agentligining axborot xizmati xabar bermoqda.