Murojaatni ko'rib chiqish davomida fuqaro A.Sobirov fuqaro Sh.To'rayevning "Ishqingda kuygan" nomli she'rini uning ruxsatisiz tegishli tartibda shartnoma tuzmagan holda "You Tube" platformasida, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida hamda to'y-hashamlarda haq evaziga qonunga xilof ravishda foydalanib, ijro etib kelganligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan fuqaro A.Sobirovga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177¹–moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.
"Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega", deyiladi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xabarida.