Qonunga koʻra, birinchi marta muallif oʻz asari nusxasini koʻpaytirishda ruxsat berish huquqini oladi va natijada “Sopyright” (nusxa olishga ruxsat) termini paydo boʻladi.

1787-yilda AQSH Konstitutsiyasida birinchi marta intellektual faoliyat natijalariga bagʻishlangan normalar belgilangan boʻlsa, 1790-yilda esa kartalar, chizmalar va kitoblar himoyasi haqida dastlabki Federal qonunni qabul qildi.

Qonunchilikda oʻrnatilgan bu normalar keyinchalik sahna asarlari, ashula va boshqalarga ham tatbiq etila boshlandi.