Muallim qadri haqida yangi kitob

    O'qituvchining qadri juda ulug' va beqiyos. U inson hayotidagi eng muhim shaxslardan biridir. CHunki muallim bilim berish bilan birga o'quvchilarning rivojlanishi, axloqiy-ma'naviy yuksalishida ham katta o'rin tutadi.

    Shu bois ham uning qadri bergan bilimi barobarida insoniy fazilatlari, mehr-shafqati, sabri va fidoyiligi bilan oʻlchanadi. Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, dotsent Feruza Madrahimovaning yaqinda chop etilgan “Oʻqituvchi qadri” kitobida shu haqda soʻz yuritiladi.

    Bundan bir necha yil avval davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi va xalqparvarligi tufayli taʼlim tizimini isloh etish jarayonida oʻqituvchi qadri va nufuzini yuksaltirish, jamiyatdagi obroʻsini koʻtarishga alohida eʼtibor qaratilgan hamda qator amaliy ishlar boshlangan edi.

    Muallif ushbu kitobda yangi Oʻzbekistonda oʻqituvchi qadr-qimmati, mavqei, obroʻsi va hurmatini yuksaltirishga qaratilgan eʼtibor, pedagoglik jozibasi va mashaqqati, kasbiy qadriyatlari hamda yurtimizda taʼlim tizimidagi islohotlar, xorijiy tajribalar boʻyicha soʻz yuritgan.