"Agar meni saylasangiz, vaʼda berib aytaman, taʼlim boʻyicha alohida milliy dastur qabul qilamiz

Boshqa ilojimiz yoʻq. Chunki taʼlim biz uchun nihoyatda muhim. Prezidentlikka kirishgan paytim mendan maktabning 10-11 sinflarini tiklab berishni soʻrashdi. Amalga oshirdik.

Ustozning nufuzini oshirish uchun hali qiladigan ishlarimiz juda koʻp. Hammangiz bilasiz, yoshligimizda oʻqituvchi koʻchadan oʻtsa, biz 5 metr chetroqqa oʻtib salom berardik. Men muallimning maoshini 1 ming dollarga yetkazmaguncha toʻxtamayman.

Afsuski, soʻnggi paytlarda yoshlarning “tarbiyachisi” qoʻllaridagi telefon boʻlib qoldi. Bu ham zamona zayli albatta, lekin yoshlarimiz tarbiyasi meni jiddiy oʻylantiradi", dedi Shavkat Mirziyoyev.