Muammo 16 yildan so'ng hal bo'ldi

    Ijtimoiy hayot 21 Aprel 2021 447

    Angren shahar Namatak ko'chasi 4 uyda istiqomat qiluvchi Vladislav Kabilov 2005 yilda tug'ilgan

    Ayni paytda 22-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinfida oʻqiydi. Onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati, nikoh guvohnomasi boʻlmaganligi bois tugʻilganlik haqidagi guvohnomani oʻz vaqtida ololmagan. Turmush tashvishlari bilan boʻlib, ota-onaning farzandiga hujjat olishi ham esidan chiqib ketgan.

    — Angren shahar FHDYO boʻlimiga farzandimga hujjat olish maqsadida murojaat qildim, — deydi Vladislavning onasi Anna Salyakudinova. — Oʻgʻlimga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olish borasida maslahat berishdi. Keyin tugʻruqxona bosh shifokori nomiga ariza yozdim.

    Toshkent viloyat arxividan kerakli maʼlumotlarni elektron tarzda hech qayerga chiqmasdan olib berishdi. Shunday qilib FHDYO boʻlimi xodimlari yordami bilan 16 yil deganda, kechikib boʻlsa-da farzandimning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olishga musharraf boʻldim. Bundan ona-bola juda xursandmiz.

    Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyatida joriy yilning 3 oyi davomida turli sabablar bilan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning tugʻilishi muddati 347 ta holatda oʻzgartirilgan holatda qayd etilgan.

    Hurriyat Duturayeva,

    DXA Toshkent viloyati boshqarmasi bosh maslahatchisi