Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi Bitim tasdiqlandi

    Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

    Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

    Bitim, 2024-yil 24-yanvar kuni Pekin shahrida imzolangan.

    Madaniy meros agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.