Muborak gazni qayta ishlash zavodida IT-infratuzilmasi kengaytirilmoqda

    14-qo'riqlash posti yo'lagiga 1350 metr uzunlikdagi optik tolali kabel yotqizildi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻi bilan neft va gaz qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash maqsadida zavodlarni avtomatlashtirish va tabiiy gaz hisobini yuritishda aniqliq darajasini oshirish borasida vazifalar belgilab berilgan.

    Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muborak gazni qayta ishlash zavodida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, zavod obyektlarida videokuzatuv tizimlarini joriy etish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Zavod hududidagi videokuzatuv tizimlarini takomillashtirish maqsadida 14-qoʻriqlash posti yoʻlagiga 1350 metr uzunlikdagi optik tolali kabel yotqizildi. Shuningdek, 300 metr “UTP” kabel tortildi hamda 7 dona “HIKVISION” videokuzatuv kamerasi, 2 dona tarmoq qurilmasi, 3 dona elektr taʼminoti bloki, 2 dona mediakonvertor qurilmalari oʻrnatildi va kameralardagi tasvirlar qoʻriqlash xizmati monitorlariga chiqarildi.

    Aloqa sifatini yaxshilash maqsadida 5-sexning maʼmuriy binosi atrofidagi kabellar estakadasiga 450 metr uzunlikdagi shisha tolali kabel demontaj qilindi.

    Zavoddagi 18-sexning barcha qurilmalariga zamonaviy videokuzatuv kameralari oʻrnatish uchun 819 metr optik tolali va 600 metr “UTP” turidagi tarmoq kabellari yotqizildi. 7 dona boshqariladigan va 2 dona “HiLook” videokuzatuv kameralari oʻrnatildi hamda dispetcherlik xizmatining monitorlariga ulandi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati