“Muborak” gazni qayta ishlash zavodida natriy sulfid ishlab chiqariladi

    Energetika 13 Aprel 2021 2458

    “Oʻzbekneftgaz” AJ “Muborak” gazni qayta ishlash zavodida mahalliylashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish borasida zavod mutaxassislari va olimlar hamkorligida tadqiqot ishlari qilinmoqda.

    Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari, Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, “Kimyoviy texnologiyalar” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Muborak” gazni qayta ishlash zavodi mutaxassislari hamkorlikda texnologik qurilmalardan ajralib chiqadigan nordon gazlar tarkibidagi vodorod sulfiddan natriy sulfid mahsulotining olish ishlari natija berdi.

    Taʼkidlash joizki, bu mahsulot nafaqat “Muborak” gazni qayta ishlash zavodi uchun, balki Respublikamiz uchun ham ayni import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulot hisoblanadi.

    Olmaliq togʻ-kon metallurgiya zavodi rudadan qimmatbaho noyob metallarni ajratib olish uchun har yili 1 350 tonna natriy sulfid mahsuloti import hisobiga keltiriladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.