Muborak tumanida ilk xususiy mehmonxona qurilmoqda

    Mamlakatimizda 13 Avgust 2020 1968

    Muborak tumani hokimi tashabbusi bilan tuman markazida ilk bor xususiy mehmonxona qurilishi boshlandi.

    Muborak tuman hokimligi axborot xizmati tarqatgan maʼlumotga koʻra, 25 oʻringa moʻljallangan mazkur mehmonxona tuman markazidagi “Konchilar” mahallasida qad rostlaydi. Zamon talablariga toʻla mos 3 qavatli ushbu binoda mehmonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Eng muhimi mazkur istiqbolli loyihani amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida 15 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

    Ayni paytda qurilish ishlari davom etmoqda.