Mudofaa vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

    General mayor Shermatov Farhodjon Ortiqovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    General mayor Shermatov Farhodjon Ortiqovich ushbu tayinlovga qadar Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

    ***

    Polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi.

    Polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    ***

    Polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    ***

    Podpolkovnik Rahimov Baxtiyor Nematovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    ***

    Tibbiy xizmat polkovnigi Rasulov Ulugʻbek Abdugafurovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, amalga oshirildi.