Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Qorakoʻl tumani mudofaa boʻlimi boshligʻi 1976-yilda tugʻilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, oʻzga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiisteʼmol qiladi.
Viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi boʻlimi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun taʼmagirlik qilib, oʻzining Qorakoʻl tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3-qismi va 211 moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.