13-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatida general Maykl Erik Kurilla rahbarligidagi AQSH harbiy delegatsiyasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbonov tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida har ikki tomon Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar tenglik, ishonch va hurmat, oʻzaro manfaatlarni inobatga olish kabi prinsiplar asosida rivojlanayotgani, strategik sheriklik darajasiga yetganligi, tinchlik va barqarorlikka tahdid hisoblangan ekstremizm, diniy radikalizm, xalqaro terrorizm hamda boshqa transmilliy xavflarga qarshi kurashishda AQSH bilan maqsadlar bir ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, ikki davlat mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, jumladan harbiy va harbiy-texnik sohalarda, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari hamda doʻstona hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi, deb xabar beradi

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.