Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari yakunlandi

    Harbiy 1 Fevral 2021 2045

    2021-yil 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlangan edi.

    Dastlabki haftadagi test sinovlari Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda o‘tkazildi.

    Mazkur harbiy qismlardagi test sinovlari 30-yanvar kuni yakunlanib, 1-fevral kuni Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari boshlandi.

    Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

    Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.

    Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.