Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

    Ta'lim 9 Iyul 2020 4357

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab jahonga mashhur EPAM Systems kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

    Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari uchun xalqaro kompaniya mutaxassislari ishtirokida treninglarni oʻtkazish va Oʻzbekistondagi IT-sohasi vakillari oʻrtasidan yuqori malakali va yetuk murabbiylar — mentorlarni tayyorlashdir. Treninglarda veb dasturlash boʻyicha maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi.

    EPAM Systems — dasturiy taʼminot ishlab chiqish va IT-sohasida konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha jahondagi eng yirik korxonalaridan biri. Bugungi kunga qadar kompaniya 30 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Kompaniya MDH davlatlarida ham oʻz vakolatxonalarini ochgan (Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston). Bundan tashqari, EPAM Systems Belarus Yuqori texnologiyalar parkining rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtgan.