Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining yaqinda xalqimizning tarixiy ildizlarini oʻrganishga qaratilgan, Misr hayotidan olib yozilgan yangi “Kleopatra” tarixiy romani nashrdan chiqdi.
Qiziqarli syujet chizigʻiga ega bu roman buyuk milliy qahramonimiz Spitamen avlodi boʻlgan, mashhuri zamon momomiz, miloddan avval 69-30 yillarda yashagan, Misr mamlakatining soʻnggi malikasi, goʻzal va qudratli ayol Kleopatraning suronli hayotiga bagʻishlangan.
Shirali tilda yozilgan romanda qadimgi Misr va Rim manzaralari, oʻsha davr etnik qatlamlari va xalqlari hayoti koʻrinishlari, yunon afsonalari oʻz aksini topgan, deb yozmoqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati.