“Maʼnaviyat oyligi” doirasida “Yangi Sirdaryo” gazetasi masʼul kotibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Hasan Abduvohidov bilan “26-aprel—Muhammad Yusuf tavallud topgan kun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan shoir H. Abduvohidov Muxammad Yusufning hayoti, ijodiy faoliyati, u bilan hamnafas boʻlib, yaqindan suhbatlashgan davrlari haqida toʻliq soʻzlab berdi. Muloqot davomida shoir Muhammad Yusufning “Xalq boʻl, elim” kitobidan sheʼrlarni, ijodkor vafoti munosabati bilan yozilgan “Muhammadni asrolmadik” sarlavhali va Vatan haqidagi bitiklarini oʻzining “Ezgulik bekati” nomli toʻplamidan oʻqib berdi.
J.SHAMSIYEV,
Xovos shaharchasidagi 8-sonli tergov hibsxona
boshligʻining yordamchisi, mayor.