Qayd etilishicha, shu yilning 3-mart kuni OʻFA rahbariyati mazkur mukofotni futbolchimizga topshirib, kelgusida jamoamiz oldida yanada muhim turnirlar, xususan, keyingi Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish vazifasi turganini aytib oʻtdi.
Shuningdek, xatolar ustida ishlash va U-20 Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba kelajakda katta natijalarga erishish uchun muhim asos boʻlishi taʼkidlandi.