Avval xabar berganimizdek, musobaqada AQSH, Rossiya, Ukraiina, Italiya, Fransiya, Belgiya, Chexiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Niderlandiya kabi qirqdan ziyod davlatdan 2005-2007-yillarda tavallud topgan yosh dzyudochilar ishtirok etdi.

Turnirning soʻnggi kuni -73 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Muhammadumar Hayitov jamoamizga yana bir bronza medalini taqdim etdi. Bir kun avval Oʻlmas Gulliyev shogirdlaridan Zafarbek Oʻktamov (-50 kg) va Sarvarbek Abdualimov (-60 kg) ham Yevropa ochiq chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.