Muhandislar bellashuvi qizgʻin pallaga kirdi

    Harbiy 4 Avgust 2021 1570

    Markaziy harbiy okrugning “Forish” togʻ poligonida “Eng ilgʻor mutaxassis” koʻrik tanlovining “Xavfsiz marshrut” hamda “Muhandislik formulasi” yoʻnalishida Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy muhandislar oʻzaro bellashishmoqda.

    “Xavfsiz marshrut” yoʻnalishi boʻyicha Markaziy , Toshkent, Sharqiy hamda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi oʻzaro bellashayotgan boʻlsa, “Muhandislik formulasi” boʻyicha esa, Markaziy, Sharqiy hamda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi jamoalari ishtirok etishmoqda.

    “Xavfsiz marshrut” musobaqasi nizomiga asosan jamoalar toʻrt hisobda bellashuvlarni amalga oshirishmoqda. Bunda MRD (muhandislik razvedka dozori hisobi, muhandislik razvedka ishlarini amalga oshiradi), “TMM-3” (ogʻir mexanizatsiyalashtirilgan koʻprik hisobi, koʻprik oʻrnatadi), “BAT-2” hisobi (kolonna yoʻllarini qayta tiklash ishlarini olib boradi), “IMR-2” hisobi (vayronalarni bartaraf etib yoʻlak ochadi).

    “Muhandislik formulasi” musobaqasida harbiy xizmatchilar 6 ta texnika bilan 3 kilometr boʻlgan halqa yoʻlagida estafeta tarzida harakatlanib, texnikalarning xususiyati boʻyicha vazifalar bajaradi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.