Ayni paytda Anqara shahrida bo'lib turgan o'zbek delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Anqara shahar Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.
Uchrashuv chog'ida, Anqara shahri Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi hamda O'zbekiston Madaniyat vazirligi tasarrufidagi madaniyat boshqarmalaridan biri bilan joriy yilning avgust oyida o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash bo'yicha kelishuvga kelindi.
Muhokama yakunida, Turkiya davlati Madaniyat va turizm vazirligining tarkibiy boshqaruv tizimlari bo'yicha alohida ma'lumotlar berilib, turk tajribasini o'rganish bo'yicha barcha savollarga javoblar olindi.
Delegatsiya xizmat safari davom etadi.