“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialidan tashqari Fargʻona, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatidan kelgan soha mutaxassislari ishtirok etgan seminarda mutaxassislar hududlardagi muhim obyektlarni qoʻriqlash, harbiy xizmatchilarni harbiy tayyorgarligini yuksaltirish yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi yuqori kuchlanishli nimstansiyalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilim-malakasini oshirish, harbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, sanoat va yongʻin xavfsizligi masalalari yuzasidan tegishli oʻquv seminarlari hamda mashgʻulotlar oʻtkazish belgilangan.
– Viloyatimiz hududida turli toifadagi 7 ta podstansiya aholiga elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qilmoqda, – deydi Samarqand magistral elektr tarmoqlari filiali direktori Fayzulla Qurbonov. – Ulardan eng yirigi Urgut tumanidagi “Soʻgʻdiyona-500” podstansiyasi hisoblanadi. Shu sababli ushbu obyekt milliy gvardiya, FVB, ichki ishlar kabi maxsus xizmatlar tomonidan qattiq qoʻriqlanadi.
Seminar ishtirokchilari ushbu 500 kVli “Soʻgʻdiyona” podstansiyasida ham boʻlib, harbiylashtirilgan boʻlinmalarning toifalangan obyektlarini qoʻriqlash va mudofaa qilish boʻyicha mashgʻulotlar hamda maxsus taktik-oʻquv mashqlarida bevosita ishtirok etishdi.
Dilmurod TOʻXTAYEV