Mumtoz kuy — shifokorga yordam

    Dandi va Stokgolm universitetlari olimlari “Motsart samarasi” nomli 18 ta tadqiqot oʻtkazishdi.

    Tadqiqotlar natijasida klassik, yaʼni mumtoz kuylar stressni pasaytirishi va diqqat-eʼtiborni jamlashga yordam berishi aniqlandi.

    Oxirgi tahlillar shuni koʻrsatdiki, operatsiya paytida qoʻyilgan past ovozdagi klassik kuylar shifokorlarning 11 foiz aniqroq va 10 foiz tezroq ishlashiga yordam bergan. Maqom kuylarining, shuningdek, operatsiya stolidagi bemorlarga ham foydasi boʻlgan.