Muomaladagi bank kartalari soni 40 milliondan oshdi

    Moliya 29 Sentabr 2023 948

    Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2023 yil 1 sentyabr` holatiga muomaladagi bank kartalari soni 40,23 milliontadan oshgan.

    Yanvar-avgust oylarida kartalar soni 6,0 mln.dan ortiqqa ko'paygan.

    Xususan, avgust oyida kartalar emissiyasi bo'yicha Xalq banki (138,5 ming ta), TBC Bank (101,3 ming ta), Hamkorbank (64,9 ming ta), Ipotekabank (64,6 ming ta) va ANORBANK (58,8 ming ta) peshqadam bo'lgan.

    Shuningdek, banklar va to'lov tashkilotlari tomonidan o'rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 23.995 tani tashkil etgan (yil boshiga +3616 ta).

    Ushbu davrda o'rnatilgan to'lov terminallari soni 4633 taga kamayib, 429.385 tani tashkil qilgan.

    Shunga qaramasdan, terminallar orqali tushgan tushumlar 159,8 trln.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 54 trln.so'mga yoki 51%ga ko'paygan.

    Bugungi kunda muomalaga chiqarilgan bank kartalari, o'rnatilgan to'lov terminallari, bankomat va infokiosklar soni bo'yicha banklar o'rtasida Xalq banki etakchilik qilib kelmoqda.