Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam JKning 169-168-moddalari bilan bir necha marotaba sudlangan, hozirda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida doimiy roʻyxatda turuvchi 24 yoshli R.D. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, R.D., N.M. bilan “Telegram” messenjeridagi “444” nomli akkauntida 1.800.000 soʻm evaziga “I Phone 8+” telefon apparati sotishini aytib, uning ishonchiga kirish orqali, oʻzining bank kartasiga 1.750.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va N.M.ning akkauntini bloklab qoʻyganligini aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, R.D.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.