Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!

    Mamlakatimizda 18 Noyabr 2021 12255

    Oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan har bir yurt bayrogʻining muzaffar hilpirashini istaydi. Chunki bayroq dunyoda oʻz oʻrni va mustaqilligining tan olinganining bir ifodasidir.

    Bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam Oʻzbekiston deb atalmish osoyishta, erkin va farovon yurtning ona tabiatdan andoza olib ishlangan davlat bayrogʻi qabul qilingan edi. Shundan buyon bu muqaddas bayroq eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, zafarli qoʻllarda baland koʻtarilmoqda.

    Bugun Davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Toyloq tumanidagi 17-maktabda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat boʻlimi boshqaruvi Toyloq tumanidagi 17-maktab bilan hamkorlikda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi, bayram chiqishlari boʻldi va bu chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

    Bugun bu bayroq faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, shu yurtda tugʻilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha
    el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni yaqinlashtiradigan vositaga aylangan. Dunyoning qaysi burchida boʻlmang, bu bayroq ona yurt nafasini dimoqqa uradi, qadrdon Vatanni yodga soladi.

    Nodir Alimov,

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi

    Samarqand viloyat boʻlim boshqaruvi

    matbuot xizmati xodimi.