Azizxon Shavkatov tashrif uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Poytaxtimizda ijtimoiy muassasalar, vazirlik va idoralar, poytaxtdagi boshqa turar va noturar joy obyektlari binolariga quyosh panellarini oʻrnatish ishlari faol davom etyapti. Shuningdek, yangi obyektlarni qurishda faqat ekologik toza va samarali loyihalar, texnologiyalar va qurilish materiallariga ustunlik beriladi.
Mehmonlar quyosh panellarini yetkazib berish bilan birga poytaxtda DXSH asosida elektr energiyasini taqsimlash sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Tomonlar ehtimolli hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qildilar va yaqin kelajakda muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar