Chempionat yakuniga yetgach, kecha Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sambo bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirishga bag‘ishlangan seminar boshlandi.
Seminarni Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) texnik komissiyasi vakili Dmitriy Maksimov olib bormoqda. Seminarda Iroq, Afg‘oniston va O‘zbekiston mamlakatlaridan murabbiylar qatnashishyapti.
Kecha o‘tkazilgan nazariy darslarda sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa bosh murabbiyi Roman Shakirov, universitet rektori, professor Mahmudjon Boltaboyev, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuhrat Arslonov, dosent Erlan Bayturayevlar ishtirok etdi.
Bugun murabbiylar amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Shundan so‘ng imtihonlar tashkil etiladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislarga Xalqaro sambo federatsiyasining maxsus sertifikati beriladi.