Murakkab vaziyatlarda ko‘mak berildi va joylarda shifokorlarni yangilikka o‘rgatildi

    Qoraqalpog‘istonda Respublik ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi («RIOvaBSIATM» DM) mutaxassislari 10 ta murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazdilar.

    Ona va bola salomatligi markazi mamlakatning akusherlik va ginekologiya xizmatining bosh muassasasi sifatida o‘zining 14 ta hududiy filiallariga ham, shuningdek, tuman tibbiyot muassasalariga ham amaliy va tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatib kelyapti. Joriy yilda O‘zbekistonninng bir necha hududlariga ishchi tashriflar uyushtirildi. Mazkur tashrif 19-21-noyabr kunlari Ona va bola salomatligi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filialida, shuningdek, Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlararo perinatal markazlarida bo‘lib o‘tdi.

    Olib borilgan ko‘pchilik ginekologik operatsiyalarni joriy etish joylarda bemorlarga viloyat va tuman markazlariga yoki poytaxtga bormasdan, yuqori texnologik yordamlardan foydalanish imkonini beradi. 10 ta operatsiyaning 4 tasi lakroskopik usulida, ya'ni kam tig‘ ishlatish yo‘li bilan o‘tkazildi.

    Operatsiyalardan tashqari Respublika ona va bola salomatligi markazi mutaxassislari tomonidan har uchala shaharda ham ginekologik yondashuvning zamonaviy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha master-klasslar o‘tkazildi.

    Shuningdek, Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlararo perinatal markazlarida bemorlarni antenatal parvarish, xafvli homilador guruhlarni boshqarish bo‘yicha100 nafar shifokor uchun, oilani rejalashtirish bo‘yicha 75 nafar shifokor uchun treninglar tashkil etildi. Tibbiyot xodimlarini 2024-yilda yangilangan Milliy klinik protokollar holatlari bilan tanishtirdi. Qoraqalpog‘istonning bu ikki tumani birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari akusher-ginekologlar, oilaviy shifokorlar trening ishtirokchilari bo‘ldi.

    O‘tkazilgan operatsiyalarga qayta turib, ularning murakkabligini qayd etish lozim. Yuqori texnologik operatsiyalar tuman mutaxassislari bilan birgaldikda o‘tkazildi. Bu esa ularningmalaka va tajribalarining oshishida muhim qadam sanaladi.

    Shuni qo‘shimcha qilamizki, Respublika ona va bola salomatligi markazi mutaxassislarining O‘zbekistonning barcha hududlariga ishchi tashrifi joriy yilda ham, 2025-yilda ham bosqichma-bosqich davom etadi. Noyabr oyining o‘zida bunday tadbirlar Qoraqalpog‘istondan tashqari Surxandaryo va Buxoro viloyatlarida ham o‘tkazildi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.