Murat Kurum: Zilziladan keyin Istanbulda mingdan ortiq binoga zarar yetdi

    Istanbuldagi ketma-ket zilzilalardan so'ng mingdan ortiq bino biroz zarar ko'rdi. Bu haqda Turkiya shaharsozlik va atrof-muhit vaziri Murat Kurum X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    “Zararni baholash natijalariga ko'ra, Istanbulning 39 tumanida 15 013 ta bino ko'zdan kechirildi, ulardan 1025 tasi kichik zarar ko'rgan, 12,3 mingdan ortig'i esa zarar ko'rmagan”, dedi Kurum.

    Zararni aniqlash ishlari davom etmoqda, dedi vazir.

    Avvalroq 400 dan ortiq bino vayron bo'lgani xabar qilingandi. Kurum ma'lumotlariga ko'ra, fuqarolardan zarar ko'rilgani haqidagi eng ko'p xabarlar shahar g'arbidagi aholi zich joylashgan hududlar – Baxcheliyevler, Esenler, Bagjilar, Avjilar va Kyuchukchekmejedan kelgan.

    Eslatib o'tamiz, 23-aprel kuni Istanbulda maksimal 6,2 magnitudali silkinishlar ro'y bergan edi. Tabiiy ofat oqibatida 236 kishi jabrlangan, deb xabar beradi report.az.