Murgʻak bolakay otasi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

    Ijtimoiy hayot 15 Dekabr 2023 784

    Ijtimoiy tarmoqda kichik yoshdagi bolaning bogʻchaga yuzi va koʻzlari jarohatlangan holda kelganligi va uni otasi kaltaklaganligini aytib berishi tasvirlangan video tarqaldi.

    Bolalar ombudsmani murgʻak bolaga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatda boʻlish holatini nazoratga olganini maʼlum qildi.

    Dastlabki maʼlumotga koʻra, mazkur zoʻravonlik fakti Samarqand viloyati Urgut tumanida yuz bergan boʻlib, hozirda tuman IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bolaga nisbatan bunday harakatga yoʻl qoʻygan shaxslar kim boʻlishidan qatʼiy nazar qonunan javob berishi taʼminlanadi.

    Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.